22:18 / 14.11.2024
40

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Foto: “24pln.ru”
Kreml Donald Trampning inauguratsiyasi oldidan Ukraina bilan mumkin bo‘lgan tinchlik muzokaralari shartlarini belgilashga harakat qilmoqda, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti navbatdagi hisobotida.

Kremlning muzokara shartlarini belgilashga urinishi Rossiyaning maqsadlari o‘zgarmasligi va Ukrainani to‘liq taslim qilishda davom etishini yaqqol ko‘rsatib turibdi”, deydi tahlilchilar.

Ularning fikriga ko‘ra, Kreml yangi Tramp jamoasiga hozirgi Bayden ma’muriyatidagidan ko‘ra ko‘proq yon berishga tayyor emas.

ISW “Rossiya Trampning yangi ma’muriyati tarkibidan qat’i nazar Ukrainadagi maqsadlarini saqlab qoladi”, degan xulosaga kelgan.

Rossiya muzokaralarda o‘z yondashuvi yoki talablarini yumshatishdan manfaatdor emas va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yil iyun oyida aniq belgilab bergan Ukrainani to‘liq taslim qilish maqsadini saqlab qoladi”, deya ta’kidlaydi ISW.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Kiyevga G‘arbdan harbiy yordam to‘xtatilsagina tinchlikka erishish mumkinligini aytgan edi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Trampning Oq uyga kelishi AQSHning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini tubdan o‘zgartirmasligini ta’kidlagan.

Foto: AP/ Turkiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari muzokaralari
Tahlilchilarning qayd etishicha, Zaxarova va Lavrovning bayonotlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yangi ma’muriyat davrida AQSH—Rossiya munosabatlarini tiklashga qaratilgan so‘nggi harakatlariga putur yetkazadi.

Tahlilchilarning fikricha, Putin Tramp ma’muriyati Kreml manfaatlari va imtiyozlarini hech qanday shartlarsiz hurmat qilishini tabiiy deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda