Tramp Putinni «do‘stim» deb atashining sababini ochiqladi

Dunyo1 daqiqa o'qish4
Tramp Putinni «do‘stim» deb atashining sababini ochiqladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinni «do‘stim» deb atashini Ukrainadagi urushni to‘xtatish va tinchlik kelishuviga erishish istagi bilan izohladi.
  • Uning fikricha, Rossiya rahbari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish muzokaralarni davom ettirish imkonini beradi, aks holda Vladimir Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi kabi shaxsiy adovat tinchlikka erishishga to‘sqinlik qiladi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «do‘stim» deb atashini Ukrainadagi urushni to‘xtatish va tinchlik kelishuviga erishish maqsadi bilan izohladi. Uning aytishicha, Putinga nisbatan dushmanona munosabat bildirish muzokaralarga xalaqit berishi mumkin. Bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

Trampdan Putinni do‘st deb atashi va shu bilan birga Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyaning harbiy harakatlarini tanqid qilishi o‘rtasidagi ziddiyat haqida so‘ralgan.

AQSH prezidenti bunga javoban, asosiy maqsad urushni to‘xtatish va kelishuvga erishish ekanini aytdi.

«Biz kelishuvga erishmoqchimiz. Qon to‘kilishini to‘xtatishni istaymiz. Men uni do‘stim emas, deb aytishim yoki kelishuv tuzishni xohlayotganimni bildirishim mumkin. Ammo kelishuvga erishishim kerak», — dedi Tramp.

Uning fikricha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi shaxsiy adovat urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri. Tramp Rossiya rahbari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish orqali muzokaralarni davom ettirish imkonini saqlab qolishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

«Men ular bilan uchrashib, “Sizni yoqtirmayman”, deb aytishim mumkin. Ammo shunda Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi muammoga o‘xshash vaziyat yuzaga keladi. Tinchlikka erishishdagi eng katta muammo — ikki rahbarning bir-birini haqiqatan ham yomon ko‘rishi. Shuning uchun men Putin bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qilaman. Uni anchadan beri taniyman», — dedi AQSH prezidenti.

Tramp Rossiyaga nisbatan pozitsiyasi yumshoq ekani haqidagi tanqidlarga ham qo‘shilmadi. U Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va boshqa choralar qo‘llaganini eslatib, kelishuvga erishish uchun muzokara olib borish muhimligini aytdi.

«Men Rossiyaga nisbatan juda qattiq bo‘lganman. Ammo kelishuvga erishish mumkin bo‘lsa, men buni xohlayman. Men butun umrim davomida muzokaralar olib borganman. Aksini aytishim mumkin edi, lekin bundan hech qanday natija chiqmasdi», — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Avvalroq Tramp Truth Social tarmog‘ida Putin bilan tushgan suratini e’lon qilib, uni «do‘stim» deb atagan edi. Bu bayonotlarga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham munosabat bildirgan. U Putinni dushman deb atab, Trampning Rossiya rahbari bilan samimiy munosabatini g‘alati deb baholagan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?