Tramp Putinni nega «do‘stim» deb ataganini izohladi

Dunyo1 daqiqa o'qish6
Tramp Putinni nega «do‘stim» deb ataganini izohladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga nisbatan keskin munosabat bildirishdan nega tiyilayotganini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, Ukrainadagi urushni to‘xtatish va tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish uchun yetakchilar o‘rtasida muloqot saqlanib qolishi muhim. Shu bois u Putin bilan munosabatlarda keskinlikni kuchaytirishni istamayapti.

26 noyabr kuni jurnalistlar Trampdan nima sababdan Putinni «do‘stim» deb atagani haqida so‘radi. AQSH prezidentining fikricha, davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq adovat va bir-biriga nisbatan salbiy munosabat muzokaralar jarayonini ancha murakkablashtirishi mumkin.

«Men unga “Sen menga yoqmaysan!” deyishim mumkin edi. Shunda Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi muammo biz bilan ham yuzaga kelardi. Bu mojaroni hal qilishdagi eng katta qiyinchilik — ikki yetakchining bir-biriga nafrati», — dedi Tramp.

Shuningdek, jurnalistlardan biri AQSH prezidentining avvalroq Rossiyaning Yevropa hududlariga nisbatan harbiy tajovuzi haqida keskin fikrlar bildirganini eslatdi. Bunga javoban Tramp Rossiyaga nisbatan avvaldan nafaqat bayonotlar orqali, balki amaliy harakatlari bilan ham qat’iy pozitsiyada bo‘lib kelganini ta’kidladi.

«Ohangim keskinlashganini bilmayman. Men Rossiyaga nisbatan juda qattiqqo‘l bo‘lib kelganman. Ammo kelishuvga erishmoqchiman», — dedi AQSH prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 19 noyabr kuni Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida Donald Tramp Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Uchrashuv boshida AQSH prezidenti Rossiya yetakchisini «do‘stim» deb atagan. Keyinchalik esa Putin bilan quchoqlashib turgan suratini ijtimoiy tarmoqda e’lon qilib, unga «Mening do‘stim» degan izohni qoldirgan.

Matbuot anjumani davomida Trampdan Putin butun AQSHning ham do‘sti hisoblanadimi, deb so‘rashdi. Amerika yetakchisi bu savolga javob berar ekan, butun mamlakat nomidan fikr bildirish vakolatiga ega emasligini aytdi. Biroq shaxsan o‘zi Rossiya prezidenti bilan juda yaxshi munosabatda ekanini ta’kidladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?