Foto: NATO News
Shimoliy Atlantika alyansi o‘zining Ukraina bo‘yicha strategiyasini o‘zgartirdi, deb xabar beradi Bloomberg manbalariga tayanib. NATOga a’zo davlatlar endi Ukrainani urushdagi g‘alabasini ta’minlashga emas, balki tinchlik muzokaralarida unga nisbatan foydali pozitsiyani taqdim etishga yoki Rossiya bosqinini tutib turishda yordam berishga urinmoqda.
Agentlikning qayd etishicha, o‘zgargan yondashuv UQK «asta-sekin o‘z o‘rnini yo‘qotayotgani» fonida NATO Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha «sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirayotgani» va bu mojaro Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni yo‘qotish evaziga muzlatilishi mumkinligini anglatadi.
Bloomberg‘ning yozishicha, Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari urushni to‘xtatishning turli ssenariylarini ko‘rib chiqishni boshlagan. Agentlik manbasiga ko‘ra, ular xususan, «Ukrainani Putinni provokatsiya qilmasdan himoya qiladigan xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga oladi». Ularning so‘zlariga ko‘ra, variantlardan biri — Yevropa harbiy xizmatchilar nazorat qiladigan demilitarizatsiya zonasini yaratishdir.
Agentlikning yuqori martabali diplomatik manbalarini ta’kidlashicha, muhokama Ukrainadagi vaziyat beqaror ekani fonida o‘tkazilmoqda va muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi kerak. Shu bilan birga, RF hukumati hozircha urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini namoyish etmagan.
Avvalroq prezident Volodimir Zelenskiy Kiyevda Yevropa kengashi prezidenti Antonio Koshta bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Ukraina hech qachon Rossiyaning Ukraina hududlari okkupatsiyasini tan olmasligi va hududning faqat bir qismini NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik bermasligini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Yo‘lga noqonuniy to‘siqlarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik belgilanyapti
Uy-joy qurilishi bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi mumkin