Tramp Atlantika okeani nomini o‘zgartirmoqchi bo‘ldi, Google rad javobini berdi

Tramp Atlantika okeani nomini o‘zgartirmoqchi bo‘ldi, Google rad javobini berdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Atlantika okeani nomini o‘zgartirish masalasini Google rahbariyati bilan muhokama qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bosh direktori Sundar Pichai bu taklifni rad etgan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Tramp bu haqda 21 oktyabr kuni Janubiy Karolina shtatidagi mitingda so‘zlagan. Uning aytishicha, u Google bosh direktori Sundar Pichai bilan bog‘lanib, Atlantika okeani nomini o‘zgartirish mumkinligini so‘ragan.

“Biz Atlantika okeani nomini o‘zgartirish masalasini jiddiy ko‘rib chiqdik va Google Maps'ga qo‘ng‘iroq qildim. Sundarga: «Men Atlantika okeani haqida o‘ylayapman, buni uddalay olasizmi?» dedim”, — deya voqeani eslagan Tramp.

Prezidentning ta’kidlashicha, Pichai bu safar taklifni amalga oshira olmasligini bildirgan. Tramp uning javobini quyidagicha keltirgan: okeanlar boshqa geografik obyektlardan farq qiladi, chunki ular ko‘plab mamlakatlar qirg‘oqlariga tutashgan. Shu sababli Google rahbari undan bunday iltimos bilan murojaat qilmaslikni so‘ragan.

Tramp Atlantika okeani nomini o‘zgartirish fikridan qaytishini aytgan. Biroq u Tinch okeanini “Amerika okeani” deb atash g‘oyasini ham tilga olgan.

Avvalroq Tramp ma’muriyati Meksika qo‘ltig‘ini “Amerika qo‘ltig‘i” deb qayta nomlashga qaror qilgan edi. Keyinchalik Ontario ko‘li nomini “Amerika ko‘li” deb o‘zgartirish tashabbusi ham ilgari surildi. Google Maps ushbu nomlarni AQSH foydalanuvchilariga ko‘rsatadi, boshqa mamlakatlarda esa avvalgi nomlar saqlanib qolgan yoki hududga qarab turlicha aks ettiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar