18:30 / 10.01.2025
18

Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi

Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Foto: AP Photo
Litva prezidenti Gitanas Nauseda Kaliningradni tegishli nom bilan atalishi kerak boʻlgan tarixiy Litva shahri deb atadi. U tegishli fikrni oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida yozib qoldirdi.

"Bugungi kunda Kaliningrad viloyati deb ataladigan Kichik Litvaning tub aholisi allaqachon yoʻq boʻlib ketgan. U erdagi Litva madaniyatining soʻnggi izlarini saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. Rossiya qanchalik urinmasin, Karalyauchyus hech qachon Kaliningrad boʻlmaydi", dedi Nauseda.

Rossiya bunga qanday munosabat bildirdi?

Litva prezidentining Kaliningrad haqidagi bayonoti Vilnyusning hududiy da'volarini koʻrsatadi va Rossiya tomonidan koʻrilayotgan xavfsizlik choralarini oqlaydi, deya munosabat bildirdi Putinning matbuot kotibi Peskov.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Litva prezidentiga tarixni oʻqishni tavsiya qildi. U Gitanas Nausedani “kartondan yasalgan navbatdagi jinni” deb atadi.

"Men Litvaning poytaxti Vilno va Kaunas emas, Vilnyus deb atalishiga sabab nima ekanini eslatib oʻtaman, xolos. Bu 1939 yilda Litva tomoni bilan Vilno shahri va Vilna viloyatini Litva respublikasiga berish hamda Sovet ittifoqi va Litva oʻrtasida oʻzaro yordam toʻgʻrisida shartnoma tuzgan Stalinning qarori edi.

Shuni ham eslatib oʻtmoqchimanki, Litvaning Boltiq dengizidagi eng yirik porti 1945 yilda qizil armiyaning fidokorona jasorati tufayli Memeldan Klaypeda deb qayta nomlandi va uzil-kesil Litvaga tegishli boʻldi
", dedi Zaxarova.

U tarix Litva prezidentini “shunchalik qattiq qiynayotgan boʻlsa”, Vilnyus Sovet ittifoqining Litvaga qilgan bu “sovgʻa”larini qaytarib berishi mumkinligini aytdi.

Kichik Litva — Prussiyaning tarixiy etnografik hududi boʻlib, unda pruss litvaliklari yashagan. U hozirgi Kaliningrad viloyati hududida joylashgandi. Karalyauchyus — Kaliningradning litvachadagi nomi. 2023 yil may oyida Litva parlamenti a'zolari, Vilyus Semeshka va Paula Kuzmitsene, Kaliningrad viloyati va shahar nomlarini litva tilida almashtirishni taklif qildi. Ular hozirgilari “Rossiya narrativining bir qismi” boʻlib xizmat qilishini aytdi.

Biroq, Klayped universitetida buni siyosiylashtirish deb hisobladilar.

Agar biz faqat eski, an'anaviy nomlardan foydalanadigan boʻlsak, odamlarni chalgʻitib qoʻyamiz. Odam xaritani qoʻliga oladi-yu, bu nomlarni topa olmaydi”, deya tushuntirdi professor Dalya Kiselyunayte.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo