Dunyodagi eng baxtli sayyohlik manzili ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish304
Dunyodagi eng baxtli sayyohlik manzili ma’lum bo‘ldi

Portugaliya poytaxti Lissabon sayohat qilish uchun dunyodagi eng baxtli manzil deb topildi. Bu xulosa 47 ta shahar qamrab olingan Holiday Happiness Index tadqiqoti natijasida ma’lum bo‘ldi.

Reytingni “BookRetreats” platformasi tayyorlagan. Unda sayyohlarning kayfiyati va farovonligiga ta’sir qiluvchi quyoshli kunlar, yashil hududlar, piyoda yurish imkoniyati, sog‘lom ovqatlanish va uyqu kabi omillar hisobga olingan.

Lissabon ayniqsa sog‘lom ovqatlanish imkoniyatlari bilan ajralib turgan. Shahardagi restoranlarning qariyb 10 foizi sog‘lom taomlar toifasiga kiritilgan. Bu ko‘rsatkich reytingda ikkinchi eng yuqori natija bo‘lgan.

Shahar piyoda sayr qilish uchun ham qulay deb baholangan. Lissabon ixchamligi va manzarali ko‘chalari bilan sayyohlarga shaharni piyoda kashf etish imkonini beradi.

Yana bir qiziq jihati — Lissabonda har bir aholiga o‘rtacha 49 kvadrat metr yashil hudud to‘g‘ri keladi. Shahar yiliga taxminan 2828 soat quyosh nuri oladi.

Reytingda Lissabondan keyin Xelsinki va Orlando shaharlari joylashgan. Kuchli o‘nlikdan Afina, Edinburg, Madrid, Vena, Budapesht, Oslo va Vilnyus ham o‘rin olgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?