Alyaska sohilida 200 mingdan ortiq morj to‘plandi

Dunyo1 daqiqa o'qish0
Alyaska sohilida 200 mingdan ortiq morj to‘plandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Alyaska shtatidagi Poynt-Ley qishlog‘i yaqinida 200 mingdan ortiq Tinch okeani morjlari to‘plandi.
  • Arktikada dengiz muzlarining qisqarishi sababli hayvonlar dam olish uchun quruqlikka chiqishga majbur bo‘lmoqda, bu esa ularning xavfsizligiga tahdid soladi.
  • Mazkur hududda yovvoyi tabiatni asrash maqsadida 19,2 ming gektar yer doimiy muhofazaga olindi.

AQSHning Alyaska shtatidagi Poynt-Ley qishlog‘i yaqinida har yili yuz minglab morjlar qirg‘oqqa chiqib, dam oladi. Bu yil ham hududda 200 mingdan ortiq Tinch okeani morjlari to‘plangani ma’lum qilindi. Bu haqda The Conservation Fund tashkiloti xabar berdi.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, bunday yirik to‘planishning asosiy sabablaridan biri Arktikada dengiz muzlarining qisqarishidir. Odatda morjlar muz qatlamlari ustida dam oladi, oziqlanish uchun esa dengizga sho‘ng‘iydi. Biroq muzlar chekinib, oziqlanadigan sayoz suv havzalaridan uzoqlashgani sababli ular dam olish uchun quruqlikka chiqishga majbur bo‘lmoqda.

Poynt-Ley yaqinidagi orollarda bunday holat 2007 yildan beri kuzatiladi. Hozirda bu hudud Shimoliy Amerikadagi eng yirik Tinch okeani morjlari to‘planadigan joylardan biriga aylangan. Bu yerga asosan urg‘ochi morjlar va ularning bolalari keladi.

Morjlar uchun qanday xavf mavjud?

Bunday katta to‘planish hayvonlar uchun ham xavf tug‘diradi. Morjlar juda sezgir bo‘lib, samolyot shovqini, kemalar yoki odamlarning yaqinlashishi ularni vahimaga solishi mumkin. Qo‘rqib ketgan hayvonlar birgalikda suv tomon yugurganda, ayniqsa, yosh morjlar kattalar orasida qolib, bosilib ketishi ehtimoli bor.

AQSH Baliq va yovvoyi tabiat xizmati ham morjlarni bezovta qilmaslik, ularga yaqinlashmaslik va shovqin ko‘tarmaslik bo‘yicha maxsus tavsiyalar bergan.

Qariyb 19 ming gektar hudud muhofazaga olindi

2026 yil 18 noyabr kuni The Conservation Fund tashkiloti Poynt-Ley yaqinidagi morjlar to‘planadigan hudud va unga tutash yerlarning 47 473 akr, ya’ni qariyb 19,2 ming gektar qismini doimiy muhofaza qilish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi.

Ushbu chora hududning sanoat faoliyati va boshqa loyihalar sabab bo‘linib ketishining oldini olish, morjlar hamda boshqa yovvoyi hayvonlar uchun muhim yashash joylarini saqlashga qaratilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, quruqlik morjlar uchun muz o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Shu bois Arktikada dengiz muzlarining qisqarishi ushbu hayvonlarning yashash tarzi va oziqlanishiga ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?