date

Qozog'istonda terrorchilik harakati oldi olindi


Milliy xavfsizlik qo'mitasi Olmaotada sodir etilishi rejalashtirilgan terrorchilik harakatining oldini oldi. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyatni xorijdan kelgan besh nafar shaxsdan iborat terrorchilik guruhi amalga oshirishni rejalashtirgan. Ular tayyorgarlik bosqichida qo'lga olindi.

Sentyabr va oktyabr oylarida terrorizmni targ'ib qilishda gumonlangan sakkiz nafar Qozog'iston fuqarosi hibsga olingan. So'nggi ikki oy ichida terrorchilik va ekstremistik jinoyatlar uchun olti nafar shaxs sud hukmi bilan jazoga tortildi.

"Yil boshidan buyon shu kabi jinoyatlar uchun jami 89 kishi, jumladan, olti nafar chet el fuqarosi javobgarlikka tortildi", – deya ma'lum qildi KNQ. Ma'lumot uchun, joriy yilning sentyabr oyi boshida O‘zbekistonda destruktiv tashkilotlarning 20 nafar tarafdori ustidan hukm o‘qilgan edi.

Ular portlovchi moddalar va zaharli preparatlar xususiyatlarini o‘rgangan. To‘rt nafari Suriyaga terrorchilar safiga qo‘shilish uchun jo‘nab ketishga ulgurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog'istonda terrorchilik harakati oldi olindi