
2025 yilning dastlabki 11 oyida O'zbekiston xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha VTB banki mijozlari orasida ikkinchi ommabop yo'nalishga aylandi. Bu haqda bankning katta vitse-prezidenti Aleksey Oxorzin «Rossiya chaqiradi!» investitsion forumida ma'lum qildi, deya xabar beradi «Kommersant».
Bank ma'lumotlariga ko'ra, ushbu davr mobaynida chakana mijozlar tomonidan 9 milliondan ortiq xalqaro pul o'tkazmalari amalga oshirilgan, bu o'tgan yilga nisbatan besh barobar ko'pdir. Operatsiyalar hajmi 5,5 barobar oshgan.
Eng talabgir yo'nalishlar orasida Tojikiston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Belarus va Qozog'iston bor. O'rtacha pul o'tkazmasi summasi 26 ming rublni (3,9 million so'm) tashkil etadi, mijozlar esa o'rtacha oyiga uchta operatsiya amalga oshiradi.
VTB bankining prognozlariga ko'ra, 2026 yilda bunday tranzaksiyalar hajmi xizmatlarning kengayishi va yo'nalishlar sonining ko'payishi tufayli ikki barobar oshadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.