date

Mars Pringles kompaniyasini $36 mlrdga sotib oladi

Mars Pringles kompaniyasini $36 mlrdga sotib oladi
Mars korporatsiyasi (Snickers, Twix brendlari) Evrokomissiyadan Pringles chipslari va Cheez-It krakerlarini ishlab chiqaruvchi Kellanova kompaniyasini sotib olish uchun ruxsat oldi. Bitim qiymati $35,9 milliardni tashkil etadi, deb xabar berdi Reuters.

Evrokomissiya mazkur birlashuv raqobatga ta'sir ko'rsatmasligini ma'lum qildi. Reutersning qayd etishicha, Mars Kellanova kompaniyasini sotib olish bo‘yicha bitimni 11 dekabrga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda.

Mars Snacking prezidenti Endryu Klarkning so‘zlariga ko‘ra, bu xarid kompaniyaning brendlar portfelini sezilarli darajada kengaytiradi. Mars — 1911 yilda AQShda asos solingan xalqaro xususiy korporatsiya bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva mollari uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Kompaniya Mars, Snickers, Twix, M&M’s brendlari, shuningdek, Pedigree, Whiskas va Royal Canin kabi chorva mollari yemlari bilan mashhur.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Mars Pringles kompaniyasini $36 mlrdga sotib oladi