
Buyuk Britaniyaning Bristol shahridagi muzeydan 600 dan ortiq eksponat o'g'irlangani haqida CNN xabar berdi. Ushbu o'g'irlik 25 sentabr kuni sodir bo'lgan.
Yo'qolgan artefaktlar Britaniya imperiyasi va Hamdo'stlik tarixi bilan bog'liq bo'lib, ular katta madaniy ahamiyatga ega. Politsiya 11 dekabr kuni to'rtta gumondorning suratlarini e'lon qilib, jamoatchilikdan yordam so'radi.
O'g'irlangan buyumlar orasida zargarlik buyumlari, harbiy yodgorliklar, shuningdek, fil suyagi, bronza va kumushdan yasalgan o'yma figurkalar ham bor. Arxiv xodimlari ushbu yo'qotishni hodisadan keyingi kuni aniqlashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.