
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning sobiq etakchisi Barak Obama uni yoqtiradi, deb hisoblaydi. Trampning o‘zi ham, o‘z navbatida unga yaxshi munosabatdadir, deb yozadi «Daryo» nashri.
«Biz o‘zaro chiqishamiz. U buni tan oladimi, yo‘qmi, bilmadim, lekin men unga yoqaman. U menga yoqadi, chunki men buni his qilaman», — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Shunga qaramay, Tramp ilgariroq Obama ikkalasi «bir-biriga xunuk gaplarni gapirgani»ni e’tirof etdi. «Siyosat — g‘aroyib narsa», — deya xulosa qildi u.
Avvalroq Obama Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanidan keyin u bilan o‘tkazgan suhbatlaridan huzur-halovat olganini aytgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar