date

Qoraqalpog‘istonning sobiq rahbari Qallibek Kamolov vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning sobiq rahbari Qallibek Kamolov vafot etdi

O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasining sobiq birinchi kotibi Qallibek Kamolov olamdan o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qallibek Kamolov 1926 yil 18 mart kuni tavallud topgan. U 1947 yilda Qoraqalpog‘iston o‘qituvchilar institutini tamomlagan. Oliy ta’lim muassasasini bitirgunga qadar o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullangan, keyin esa komsomol tizimida ish boshlagan.

Faoliyati davomida u Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Nukus shahar ijroiya qo‘mitasi raisi, kommunal xo‘jalik vaziri, shuningdek, respublika avtomobil transporti va avtomobil yo‘llari vaziri lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, 1958–1959 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasi kotibi, 1959–1963 yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi raisi, 1963–1984 yillarda esa O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi vazifasini bajargan.

1984–1986 yillar oralig‘ida u Sovet Ittifoqining Ruminyaning Konstansa shahridagi bosh konsuli sifatida faoliyat yuritgan.

Qayd etilishicha, Qallibek Kamolov 1987 yilda “paxta ishi” doirasida qo‘lga olingan. 1989 yil oxirida unga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va bir qator davlat mukofotlaridan mahrum qilingan. Keyinchalik, mazkur ish bo‘yicha sudlangan boshqa shaxslar kabi, u ham afv etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qoraqalpog‘istonning sobiq rahbari Qallibek Kamolov vafot etdi