O‘zbekistonda bugundan boshlab issiq pasayadi: ayrim hududlarda 31 darajagacha bo‘ladi

O‘zbekistonda bugundan boshlab issiq pasayadi: ayrim hududlarda 31 darajagacha bo‘ladi

O‘zbekistonda 17 avgust kuni havo harorati biroz pasayib, ayrim hududlarda kunduzgi ko‘rsatkichlar 31 darajagacha tushadi. Biroq mamlakatning janubiy viloyatlarida issiq hali ham sezilarli bo‘lib, harorat 41 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Toshkentda kun davomida havo qisman bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamolning tezligi 3–8 m/s atrofida bo‘lib, ayrim paytlarda 12–14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda shamol chang‘-to‘zon ko‘tarishi ehtimoli bor.

Poytaxtda tungi harorat 21–23 daraja, kunduzi esa 34–36 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.

Qoraqalpog‘istonda ob-havo o‘zgaruvchan kechadi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 31–36 daraja oralig‘ida bo‘ladi. Shamol ba’zi hududlarda 18 m/s gacha kuchayib, chang‘-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Xorazm viloyatida ham kunduzi havo 31–36 daraja atrofida bo‘ladi. Kechga yaqin ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol tezligi 9–14 m/s gacha yetadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmayapti. Kunduzgi harorat 33–38 daraja bo‘ladi. Shamol ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi va chang‘-to‘zon ko‘tarishi mumkin.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo asosan qisman bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli past. Kunduzi harorat 32–37 daraja, kechasi esa 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda esa issiq yanada kuchli seziladi. Bu hududlarda kunduzgi harorat 36–41 daraja gacha ko‘tarilishi mumkin. Kechasi havo 20–25 daraja bo‘ladi. Shamolning ayrim joylarda 18 m/s gacha kuchayishi va chang‘-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo qisman bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi 32–37 daraja, kechasi 18–23 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.

Respublikaning tog‘li hududlarida esa nisbatan salqin havo saqlanadi. Bu yerlarda tungi harorat 13–18 daraja, kunduzgi harorat 23–28 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar