1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

1 daqiqa o'qish194
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

O‘zbekistonda 2026 yil iyul oyi uchun 1 kilogramm palov tayyorlashga ketadigan mahsulotlar qiymati hisoblab chiqildi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, palov uchun kerakli masalliqlar narxi hududlar kesimida farq qiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar qiymati 128 730 so‘mni tashkil qilgan.

Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 125 283 so‘m, Toshkent viloyatida 122 346 so‘m, Samarqand viloyatida 122 320 so‘m bo‘lgan. Surxondaryo viloyatida 120 303 so‘m, Qashqadaryoda 120 065 so‘m, Navoiyda 119 331 so‘mlik mahsulot kerak bo‘lishi hisoblangan.

Buxoro viloyatida 1 kilogramm palov masallig‘i 118 694 so‘m, Namanganda 118 315 so‘m, Jizzaxda 118 191 so‘m, Xorazmda 117 907 so‘mga baholangan. Andijonda bu ko‘rsatkich 116 554 so‘m, Sirdaryoda 113 707 so‘mni tashkil etgan.

Eng past qiymat Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi. U yerda 1 kilogramm palov tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar 107 396 so‘mga baholangan.

Hisob-kitobda kungaboqar yog‘i, piyoz, mol go‘shti, sabzi, lazer guruch, no‘xat, zira va osh tuzi narxlari inobatga olingan. Qo‘mita eslatishicha, bu raqamlar tayyor palovning bozor yoki oshxonadagi sotuv narxini emas, faqat masalliqlar qiymatini ifodalaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?