Apple App Store'dan tashqari xaridlar uchun 15 foizlik komissiya taklif qildi

2 daqiqa o'qish96
Apple App Store'dan tashqari xaridlar uchun 15 foizlik komissiya taklif qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Apple iOS qurilmalaridagi ilovalarda tashqi havolalar orqali amalga oshiriladigan xaridlar uchun standart komissiyani 15 foiz etib belgilashni taklif qildi.
  • Kichik biznes dasturchilari 5 foiz, Video Partner Program, News Partner Program va Mini Apps Partner Program ishtirokchilari esa 10 foiz komissiya to'laydi.
  • Obunalarni avtomatik yangilash to'lovlari uchun ham stavka 10 foizgacha kamaytirilishi ko'zda tutilgan.

AQShning Shimoliy Kaliforniya tsentral okrug sudiga taqdim etilgan yangi sud hujjatlariga koʻra, Apple kompaniyasi iOS qurilmalaridagi ilovalar ichida tashqi havolalar yordamida amalga oshiriladigan xaridlar uchun undirilishi rejalashtirilgan komissiya miqdorini maʼlum qildi. Mazkur qadam texnologiya gigantining raqobatga qarshi siyosati yuzasidan yillar davomida davom etib kelayotgan sud jarayonlarining navbatdagi muhim bosqichi boʻldi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

ixbt.com va boshqa xalqaro manbalar tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Apple standart ilovalar uchun 15 foizlik komissiya stavkasini joriy etishni taklif qilgan. Shu bilan birga, kompaniyaning maxsus dasturlarida ishtirok etuvchi dasturchilar uchun qoʻshimcha chegirmalar taqdim etilishi koʻzda tutilgan. Yangi tuzilmaga muvofiq, kichik biznes dasturchilari toʻlovlar uchun atigi 5 foiz komissiya toʻlaydi.

Maxsus dasturlar va chegirmalar

Shuningdek, Video Partner Program, News Partner Program hamda Mini Apps Partner Program kabi maxsus dasturlar ishtirokchilari uchun komissiya miqdori 10 foiz etib belgilangan. Hujjatda qayd etilishicha, obunalarni avtomatik yangilash toʻlovlari uchun ham stavka 10 foizgacha kamaytiriladi. Ushbu imtiyozlar kichik va oʻrta dasturchilar uchun muayyan qulayliklar yaratishi kutilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, iPhone ishlab chiqaruvchisi Epic Games kompaniyasi bilan App Store komissiyalari yuzasidan uzoq yillardan beri sudlashib kelmoqda. Apple sudning mazkur komissiya tuzilmasi boʻyicha javob berish talabini kechiktirishga bir necha bor uringan edi. Xususan, kompaniya quyi sud jarayonlari Oliy sud Epic Games ishi boʻyicha boshqa bir masala yuzasidan qaror chiqqunga qadar toʻxtatib turilishini talab qilgan edi.

Sud qarori va kompaniya pozitsiyasi

Qayd etilishicha, AQSh Oliy sudi payshanba kuni Appʼning quyi suddagi harakatlarni toʻxtatib turish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu esa texnologiya gigantini oʻzining rejalashtirilgan komissiya tuzilmasini oshkora qilishga majbur qildi. Kompaniya avvalroq tashqi havolalar orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun 27 foizlik komissiya joriy qilgani va havolalarni taqdim etishni cheklovchi qoidalarni kiritgani uchun sud buyrugʻini buzganlikda ayblanayotgan edi.

Apple oʻz pozitsiyasini izohlarar ekan, foydalanuvchilar tomonidan ilova ichida amalga oshiriladigan xaridlardan haq olish App Store va dasturiy taʼminotni saqlab turish uchun zarur boʻlgan vositalar, texnologiyalar hamda xizmatlarga qilingan investitsiyalarni qoplash imkonini berishini taʼkidladi. Kompaniya oʻzining tashqi havola uchun toʻlovlarini Google Play siyosati bilan taqqosladi.

Manbaga koʻra, Google Play ham standart ilovalar uchun 20 foiz, maxsus dasturlardagi ilovalar uchun 15 foiz va obunani yangilash uchun 10 foiz miqdorida komissiya oladi. Apple bu stavkalarga ilgari Epic Games ham rozilik bildirganini eslatib oʻtdi. Mazkur taklifning tasdiqlanishi kelgusida mobil ilovalar bozoridagi moliyaviy munosabatlarga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?