Xitoyning C919 samolyoti ilk xalqaro tijoriy reysini amalga oshirdi

1 daqiqa o'qish118
Xitoyning C919 samolyoti ilk xalqaro tijoriy reysini amalga oshirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xitoyning C919 yo'lovchi samolyoti Pekinning «Shoudu» aeroportidan Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahridagi yangi aeroportga parvoz qilib, ilk xalqaro tijoriy reysini amalga oshirdi.
  • Mo'g'ulistonda samolyotni tantanali kutib olish marosimi o'tkazilib, u suv saluti va maxsus raqs tomoshasi bilan qarshi olindi.
  • Pekin va Ulan-Bator o'rtasidagi CA723/CA724 raqamli reyslarni kundalik asosda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Airbus va Boeing kompaniyalariga raqobat tug‘dirishi kutilayotgan Xitoyning C919 yo‘lovchi samolyoti o‘zining ilk xalqaro tijoriy reysini muvaffaqiyatli bajarib, yangi bosqichga ko‘tarildi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur layner Pekinning «Shoudu» aeroportidan havoga ko‘tarilib, Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahridagi yangi aeroportga kelib qo‘ndi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mo‘g‘ulistonda ushbu tarixiy voqea munosabati bilan tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Xususan, havo kemasi anʼanaviy suv saluti bilan kutib olingan bo‘lsa, samolyotdan tushgan yo‘lovchilarga milliy libosdagi xodimlar peshvoz chiqib, maxsus raqs tomoshasini namoyish etishdi.

Pekin va Ulan-Bator o‘rtasidagi CA723/CA724 raqamli reyslar endilikda kundalik asosda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu COMAC tomonidan ishlab chiqarilgan layner uchun tijoriy foydalanish boshlanganidan buyon ilk xalqaro yo‘nalish bo‘lib tarixga kirdi.

Ichki bozordan xalqaro maydonga

Mazkur parvozga qadar C919 asosan Xitoy ichki yo‘nalishlarida parvozlarni amalga oshirib kelgan edi. Ichki reyslar davomida samolyot o‘zining texnik tavsiflari, yuqori darajadagi qulayligi hamda xavfsizlik talablariga to‘la javob berishi evaziga ijobiy eʼtirofga sazovor bo‘lishga ulgurgan edi.

Xitoy va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi ushbu ilk qatnov, shuningdek, laynerning fuqarolik aviatsiyasidan foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama standart talablariga qatʼiy rioya qilishini amalda tasdiqladi. Shu tariqa, C919 rasman muntazam xalqaro qatnovlarni yo‘lga qo‘yish bosqichiga o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, C919 o‘z geografiyasini bosqichma-bosqich kengaytirib kelmoqda. Jumladan, 2024-yilning fevral oyida samolyot Singapur aviaskalonida qatnashish uchun ilk bor xorijga parvoz qilgan edi, biroq u tijoriy emas, balki namoyish etish xususiyatiga ega safar bo‘lgan.

Muvaffaqiyatli ko‘rsatkichlar

2024-yilning dekabr oyiga kelib, ushbu rusumdagi laynerlar ichki yo‘nalishlarda jami bir milliondan ortiq yo‘lovchini manziliga yetkazdi. O‘shanda Xitoyning uchta yirik aviakompaniyasi parkida jami 14 ta shunday bort mavjud edi.

Shuningdek, 2025-yilning dekabr oyida C919 tog‘li hududda joylashgan Lanchjou baland tog‘ aeroportiga ham parvozlarni o‘zlashtirdi. Bugungi kunga kelib esa xalqaro tijoriy yo‘nalishlarning ochilishi Xitoy fuqarolik aviatsiyasi sanoati uchun muhim qadam bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?