Italiyada “eng yomon siyosatchi”ni daryoga tashlashadi — o'rta asrlardan qolgan g'ayrioddiy an'ana hanuz davom etmoqda

1 daqiqa o'qish3.5K
Italiyada “eng yomon siyosatchi”ni daryoga tashlashadi — o'rta asrlardan qolgan g'ayrioddiy an'ana hanuz davom etmoqda

Italiyaning Trento shahrida o'rta asrlardan qolgan g'ayrioddiy an'ana bugungi kungacha saqlanib qolgan. Har yili iyun oyida o'tkaziladigan Feste Vigiliane festivali doirasida “La Tonca” tadbiri tashkil etiladi.

Avval sud qilishadi, keyin daryoga tashlashadi

Tadbir davomida shahar maydonida ramziy sud jarayoni o'tkaziladi. Mahalliy aholi sudya, prokuror va advokat rolini bajarib, yil davomida eng ko'p bahs-munozaraga sabab bo'lgan siyosatchi yoki jamoat arbobini “sud qiladi”.

“Yilning eng yomon qarorini qabul qilgan” deb topilgan shaxs temir qafasga joylashtirilib, Adige daryosiga ramziy ravishda g'arq qilinadi.

Tomosha odatda tomoshabinlarning olqishlari bilan yakunlanadi.

600 yillik tarixga ega

“La Tonca” XIV–XVII asrlarda mintaqada qo'llangan haqiqiy jazolash usulidan ilhomlangan. O'sha davrda bunday jazo ayrim jinoyatlar, jumladan kufr uchun qo'llangan.

Bugunga kelib esa bu amaliyot hazil, tanqid va xalq sayliga aylangan. Mahalliy aholi tadbir orqali jamoat arboblarini tanqid qilish bilan birga, jamiyat birdamligini ham mustahkamlashini ta'kidlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?