Xitoyda robot tilanchilik qildi: uning iltimosi hayratga soldi

1 daqiqa o'qish12.6K
Xitoyda robot tilanchilik qildi: uning iltimosi hayratga soldi

Xitoyda ko'chada tiz cho'kib, yo'lovchilardan pul so'rayotgan gumanoid robot tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Robotning odatdagidek yurish yoki murakkab harakatlarni bajarishi emas, balki odamlardan nima so'rayotgani internet foydalanuvchilarini hayratga soldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, voqea Xitoyning Sichuan provinsiyasida sodir bo'lgan. Kadrlarda gumanoid robot bir tizzasida cho'kib, qo'llarini birlashtirgan holda ko'chadan o'tayotgan odamlarga ta'zim qilayotgani aks etgan.

Robot yoniga esa pul yig'ish uchun kichik idish va raqamli to'lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi QR-kod joylashtirilgan. Uning LED yozuvi va ovoz kuchaytirgichi orqali «Qayta zaryadlash uchun pulim yo'q» hamda «Iltimos, elektr energiyasi uchun to'lovga yordam bering» mazmunidagi xabarlar takrorlangan.

Xabarlarga ko'ra, mazkur robot Xitoyning Unitree robototexnika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Unitree G1 gumanoidi bo'lishi mumkin. Kompaniyaning ushbu modeli avval ham o'zining g'ayrioddiy harakatlari va turli tajribalarda qo'llanilishi bilan e'tibor markazida bo'lgan.

Video tarqalishi bilan internet foydalanuvchilari o'rtasida turli fikrlar paydo bo'ldi. Ayrimlar hazillashib, «Endi tilanchilarni ham robotlar almashtiryapti», deya munosabat bildirgan bo'lsa, boshqalar bu holatni sun'iy intellektning tobora inson hayotiga kirib kelayotganiga ishora sifatida baholadi.

Shu bilan birga, videoning haqiqiy maqsadi ham muhokamalarga sabab bo'ldi. Kimdir buni kompaniyaning marketing tadbiri deb hisoblasa, yana bir guruh bu ko'cha san'ati yoki odamlarni qiziqtirish orqali pul yig'ishning g'ayrioddiy usuli bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?