Braziliyada o'g'lini o'ldirish uchun ChatGPT’dan maslahat olgan ota qo'lga tushdi

Braziliyada o'g'lini o'ldirish uchun ChatGPT’dan maslahat olgan ota qo'lga tushdi

Braziliyada 14 yoshli o'smirga nisbatan ehtimoliy suiqasd rejasi ChatGPT bilan yozishmalar orqali aniqlanib, politsiyaga xabar berilgani aytilmoqda. Bu haqda “G1” nashri xabar berdi.

Gumonlanuvchi rejasini sun'iy intellekt bilan muhokama qilgan

Espiritu-Santu shtati politsiyasi ma'lumotiga ko'ra, Eunapolis shahrida yashovchi 43 yoshli erkak bir necha oy davomida aliment to'lashni istamagan va farzandiga zarar yetkazish rejalarini chat-bot bilan muhokama qilgan.

U yozishmalarda o'z niyati haqida batafsil ma'lumot bergan va uni amalga oshirish bo'yicha maslahat so'ragan.

Xabardagi xavfli mazmun qayd etilgach, ma'lumot AQSh Federal qidiruv byurosiga yetkazilgani aytilmoqda.

FQB Braziliya rasmiylari bilan bog'langanidan so'ng tergov boshlangan. Politsiya gumonlanuvchining yashash joyida tintuv o'tkazgan va uning rejasi jiddiy bo'lganini aniqlagan.

Erkak hozircha hibsga olinmagan, chunki u rejasini amalga oshirishga ulgurmagan. Tergov davom etmoqda.

Rasmiylar o'smir hozir xavfsiz ekanini va uni himoya qilish choralari ko'rilayotganini bildirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar