O‘tgan dam olish kunlari Ashxabod shahar aeroportida bir necha yo‘lovchi Dubay va Istanbul reysiga chiqarilmadi.
Turkmanistondan uchib ketishga muvaffaq bo‘lmagan yo‘lovchilardan birining aytishicha, barcha yo‘lovchilarning qo‘llarida sayyohlik va xizmat vizalari bo‘lgan. «Bizdan nima uchun ketayotganimizni so‘rashdi. Men, o‘rtog‘im bilan avtomashinalar uchun ehtiyot qismlar olib kelish uchun ketayotganimni aytdim. Shundan so‘ng ular: Agar siz dam olish uchun emas, balki ishlash uchun ketayotgan bo‘lsangiz, yolg‘on ma’lumot berganingiz uchun Jinoyat kodeksining 201 moddasi bo‘yicha ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinasizlar deyishdi”, deydi suhbatdosh.
Uning so‘zlariga qaraganda, uni bir necha bor xavfsizlik xizmati xodimlari suhbatga chaqirgan. U agar uni chetga elga chiqarishmasa, u holda prokuraturaga murojaat qilishini bildirdi. Uning aytishicha, mintaqalarda istiqomat qiluvchi aholi xorijga chiqish uchun viza olish maqsadida poytaxtga kelishga majbur bo‘lishadi. Buning uchun vaqt va moddiy harajatlar kerak bo‘ladi.
Ashxabod, Mari, Turkmanobod va Balkanota Migrasiya xizmati biror bir izoh berishdan voz kechdi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi oylarda Turkmaniston fuqarolari, birinchi navbatda mintaqa aholisi biometrik pasport va xorijga chiqish vizalarini olishda qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelmoqda. Mahalliy kuzatuvchilar tashqi va ichki migrasiya bilan bog‘liq bu kabi cheklovlarni Osiyo-2017 o‘yinlari bilan bog‘lashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin