
Suratlar ustidagi lokli qatlam uning vaqt va iqlim ta’sirlaridan himoya qilish uchun hosil qilinadi. Ammo bunday qatlamdan keyin suratning ranglari xira bo’lib qolishi rost.
Britaniyalik san’atshunos Filipp Muold 1618 yilga tegishli noma’lum xonim suratinining ustki qismi bo’lmish sarg’ish lokni olib tashlash uchun gel va erituvchi suyuqlikdan maxsus aralashma tayyorlab, uni ko’plab sinovlardan o’tkazdi va suratning bo’yoqlariga ziyon yetkazmagan holda uning ustidagi lokni olib tashlash uddasidan chiqdi. Bu haqida xorij saytlari xabar bermoqda.
Ushbu topilma natijasida surat mutlaqo o’zgacha ko’rinish kasb etdi va uning asl go’zalligi yuzaga chiqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar