Amerikalik rassom Ozodlik haykalini 43 soniyada chizib Ginnesga kirdi

Dunyo1 daqiqa o'qish1
Amerikalik rassom Ozodlik haykalini 43 soniyada chizib Ginnesga kirdi

Amerikalik rassom Devid Garibaldi Ozodlik haykali tasvirlangan kartinani atigi 43,5 soniyada chizib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Ushbu g‘ayrioddiy natija rassomning tezkorligi va mahoratini namoyon etdi. Bu haqda «Pravilamag» nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Devid Garibaldi rekord o‘rnatish uchun Nyu-York qirg‘og‘idagi maxsus ochiq maydonchani tanlagan. U yerdan AQSHning mashhur ramzlaridan biri bo‘lgan Ozodlik haykali yaqqol ko‘rinib turgan. Rassom qisqa vaqt ichida mashhur inshootning tasvirini qog‘ozga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Uning ish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalib, foydalanuvchilarning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Tomoshabinlar rassomning shunchalik qisqa vaqt ichida murakkab tasvirni yaratishiga hayrat bildirishdi.

Devid Garibaldi esa ushbu rekord orqali nafaqat o‘z mahoratini namoyish etish, balki boshqalarni ham yangi ishlarga undash istaganini ta’kidladi.

«O‘zimga ham, boshqalarga ham: “Mana shunday qilsa bo‘larkan-ku”, deb ko‘rsatib qo‘ymoqchi edim. Qaniydi, bu ishimni ko‘rib, yoshmi-qarimi, kimdir “Men ham bir urinib ko‘ray-chi”, desa. Eng zo‘r joyi shundaki, rekordni yangilay olmasangiz ham, harakat qila-qila o‘z ishingizning haqiqiy ustasiga aylanib qolasiz», — dedi rassom.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?