Xitoylik rassom qurigan shoxlardan 7 metrlik Maymunlar podshohi haykalini yasab barchani hayron qoldirdi

Xitoylik rassom oddiy qurigan daraxt shoxlaridan balandligi 7 metrga yetadigan ulkan haykal yasab, internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. U afsonaviy qahramon — Maymunlar podshohi Sun Ukunni o‘ziga xos uslubda tasvirlagan.
Xinhua agentligining xabar berishicha, Shandun provinsiyasida yashovchi Fan Litsze ushbu noodatiy san’at asarini yaratish uchun ikki oydan ortiq vaqt sarflagan. Rassom minglab qurigan shoxlarni birma-bir tanlab, ularni o‘zaro birlashtirish orqali ulkan haykalni qo‘lda yasagan.
Ishning yana bir e’tiborli jihati shundaki, u hech qanday tayyor chizma yoki andozadan foydalanmagan. Haykalning har bir qismi rassomning tasavvuri va mahorati asosida shakllangan.
Odatda jangovar va shiddatli qahramon sifatida tasvirlanadigan Sun Ukun bu safar butunlay boshqacha qiyofada namoyon bo‘lgan. Haykalda u xotirjam, vazmin va chuqur mulohazaga cho‘mgan holda aks ettirilgan.
Muallifning ta’kidlashicha, ushbu obraz insonning hayotdagi turli sinovlardan o‘tib, oxir-oqibat ichki xotirjamlikka erishishini anglatadi.
Noodatiy haykal ijtimoiy tarmoqlarda tezda ommalashdi. Uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istaganlar orasida boshqa shaharlardan kelayotgan mehmonlar ham bor.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…