«Kel, turmush quramiz» shousi astrologining 2018 yil uchun bashorati

«Kel, turmush quramiz» shousi astrologining 2018 yil uchun bashorati
Astrolog va «Kel, turmush quramiz» teleshousi hamboshlovchisi Vasilisa Volodina sevishganlarga, turmush qurish harakatida yurganlarga o‘zining bashoratsifat ma’lumotlarini oldindan hadya etishni ma’qul ko‘rdi.

Vasilisaning aytishicha, 2018 yil 31 mart, 25 iyul, 1 avgust, 6-8 oktyabr, 29-31 oktyabr kunlari rasman nikohdan o‘tmagan, turmush qurmay turgan ma’qul ekan. Yuqorida tilga olingan kunlar oila qurish istagida bo‘lgan yigit va qizlarga yaxshilik olib kelmaskan. Boshqacharoq aytganda, o‘sha kunlari tuzilgan yangi oila ko‘ngildagidek mustahkam kechmas ekan.

Vasilisa Volodina ezoterikaga bolaligidan qiziqqan. Universitetda tahsil olib, iqtisodchi diplomiga ega bo‘lgach, astrologiya bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. Ayni paytda u ayollarga umr yo‘ldoshini topishda asqotadigan kitoblar yozish bilan band.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar