15 fevralda Ganadagi qishloq maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars beruvchi Ovuka Kvadvo Facebook’dagi sahifasida fanidan qanday dars berishiga to‘g‘ri kelishini namoyish qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz.
Ushbu maktabda kompyuterlar bo‘lmagani sababli, o‘qituvchi doskada Microsoft Word dasturi oynasi ko‘rinishini erinmay batafsil chizib chiqqan. O‘qituvchining aytishicha, unga buning uchun yarim soatcha vaqt ketgan.
O‘qituvchining aytishicha, “u bolalarni yaxshi ko‘radi va shu sababli ular informatika haqida taxminiy tushunchaga ega bo‘la olishadigan ish qilishga qaror qilgan”. Kvadvoning bu posti ijtimoiy tarmoqda jadal ommalashgan va foydalanuvchilar izohlarida o‘zlarining eski kompyuterlarini maktabga berishga tayyorliklarini bildira boshlagan.
Keyinroq suratlar Reddit forumida paydo bo‘lgan. Suratlarga qoldirilgan izohlarda ba’zi afrikaliklar bunday sharoitlarda o‘qitishgani yoki o‘qishganini eslab o‘tganlar. Bir foydalanuvchining ma’lum qilishicha, u bir necha yil avval shunga o‘xshash maktabda dars bergan. U yerda kompyuterlar xonasi bo‘lgan-u, biroq elektr ahyon-ahyonda yoqilgan. Uning ta’kidlashicha, texnikasiz darslarni o‘tish foydaliroq ham bo‘lgan, chunki bolalar chalg‘imaganlar.
Bir hind esa o‘zi o‘qigan maktabda bir oyda ikki marta maktabdagi yagona kompyuter oldiga olib borishlarini, biroq o‘qituvchi dars o‘tish o‘rniga kompyuterda o‘ynab o‘tirishini so‘zlab bergan. O‘quvchilar dasturlar haqida darsliklardagi rasmlardan tushunchaga ega bo‘lganlar. Hozirda esa bu hind dasturchi bo‘lib ishlashini qo‘shimcha qilgan.
Boshqa foydalanuvchilar esa vaziyatni hazil-mutoyiba bilan qabul qilishgan. Jumladan ular Word dasturidagi “skrepka” (yordamchi) ko‘rinishidagi kiyimda yana bir o‘qituvchi bo‘lishi va u sinfxonaga har bir necha daqiqada kirib turishi kerakligini aytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi