
Germaniyaning aholi eng zich yashaydigan federal hududi Shimoliy Reyn-Vestfaliya hokimi Armin Lashet mamlakatda islomning rasmiy din sifatida tan olinishini istaydi. Bu haqda «Haber7»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
«Mamlakatda yahudiy va xristianlar qanday huquqlarga ega bo‘lsa, musulmonlar ham shunday huquqlarga ega bo‘lishi kerak», – degan Armin Lashet.
Shimoliy Reyn-Vestfaliya hokimi hamda Germaniya kansleri Angela Merkel boshchiligidagi Xristian-demokratlar ittifoqi (CDU) partiyasi vakili bo‘lgan Armin Lashet «Protestan» axborot agentligiga bergan intervyusida: «Kansler bu borada bizga ko‘mak bersa, xursand bo‘lamiz», — degan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar