Dunyoda eng ko‘p tarqalgan din o‘zgarishi mumkin: yangi demografik prognoz

Pew Research Center tadqiqot markazi e’lon qilgan yangi demografik prognozlarga ko‘ra, kelgusi o‘n yilliklarda dunyoda ham musulmonlar, ham xristianlar soni ortib boradi. Biroq musulmonlar soni tezroq ko‘payishi kutilmoqda. Mavjud tendensiyalar saqlanib qolsa, ular 2070 yilga kelib dunyodagi eng yirik diniy guruhga aylanishi mumkin.
Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilda dunyoda 2,02 milliard musulmon va 2,27 milliard xristian yashagan. 2035 yilga borib musulmonlar soni 2,57 milliardga, xristianlar esa 2,52 milliardga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu ko‘rsatkichlar musulmonlar soni xristianlardan oshib ketishi mumkinligini anglatadi.
Tadqiqotchilar bunday o‘sishning asosiy sababini tug‘ilish darajasi bilan izohlamoqda. 2020–2025 yillarda musulmon ayollarga o‘rtacha 3,1 nafar, xristian ayollarga esa 2,5 nafar farzand to‘g‘ri kelgan. Boshqa diniy guruhlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1,6 nafarni tashkil etgan.
Pew Research Center katta demografi Konrad Xakettning ta’kidlashicha, diniy guruhlar sonining o‘zgarishida boshqa dinga o‘tishdan ko‘ra tug‘ilish darajasi muhimroq omil hisoblanadi.
Markazning uzoq muddatli prognozlariga ko‘ra, 2070 yilga kelib musulmonlar soni 3,64 milliardga, xristianlar soni esa 2,96 milliardga yetishi mumkin. Bu davrda musulmonlar dunyo aholisining 35,8 foizini, xristianlar esa 29,1 foizini tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Hisob-kitoblarda aholining yosh tarkibi, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari, migratsiya hamda diniy mansublikning o‘zgarishi inobatga olingan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…