Islom dini 2035 yilda dunyodagi eng yirik dinga aylanishi mumkin

1 daqiqa o'qish2
Islom dini 2035 yilda dunyodagi eng yirik dinga aylanishi mumkin

Islom dini 2030-yillar o‘rtasiga kelib, dunyodagi eng ko‘p izdoshga ega din sifatida xristianlikni ortda qoldirishi mumkin. Bu haqda AQSHdagi nufuzli Pew Research Center tadqiqot markazi prognozlarida ma’lum qilingan.

Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2035 yilga borib musulmonlar soni 2,57 milliard kishiga yetishi kutilmoqda. Bu vaqtda xristianlar soni esa 2,52 milliard atrofida bo‘lishi taxmin qilingan.

Bashoratlarga ko‘ra, hozirgi demografik tendensiyalar saqlanib qolsa, 2070 yilga kelib musulmonlar soni 3,6 milliardga, xristianlar esa 3 milliardga yetadi. Natijada musulmonlar jahon aholisining 37 foizini, xristianlar esa taxminan 29 foizini tashkil qilishi mumkin.

Mutaxassislar bu o‘zgarishning asosiy sababini musulmonlar orasida tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqoriligi bilan bog‘lamoqda.

Xususan, 2020–2025 yillarda musulmon ayollar orasida bir ayolga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha farzandlar soni 3,1 nafarni tashkil etgan. Xristianlarda bu ko‘rsatkich 2,5 nafar, boshqa diniy guruhlarda esa 1,6 nafarga teng bo‘lgan.

Taqqoslash uchun, aholi sonini uzoq muddatda barqaror saqlash uchun zarur bo‘lgan tug‘ilish darajasi har bir ayolga o‘rtacha 2,1 nafar farzandni tashkil etadi.

Shu tariqa, demografik jarayonlar davom etsa, kelgusi o‘n yilliklarda dunyodagi diniy manzara sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?