Bishkekning markaziy maydoni Ala-Tooga Qirg‘izistondan xitoylik noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborish talabi bilan bir necha yuz kishi chiqdi. Namoyishchilar, shuningdek, hukumatdan Xitoydagi “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”da ushlab turilgan qirg‘izlarning ozod etilishida ko‘mak ko‘rsatishni talab qilishgan.
“Respublikamizda bir necha yuz va balki undan ko‘proq xitoylik noqonuniy ravishda qolmoqda. Ular bozorlarda, tog‘-kon va boshqa sohalarda ishlaydilar. Biz ularning deportatsiya qilinishini talab qilamiz”, deb aytgan namoyishchilardan biri.
Namoyishchilar agar hukumat ularning talablarini inobatga olmasa, unda 17 yanvarda yana shunday talablar bilan namoyish o‘tkazishlarini aytishgan.
Avvalroq Xitoy shimolidagi Sinszyan-Uyg‘ur muxtor okrugida mahalliy aholi (uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar) “qayta tarbiyalash”ga jo‘natilayotgan siyosiy lagerlar faoliyat yuritayotgani ma’lum qilingan. 2018 yilda bunday “tarbiyalanuvchilar” soni 1 mlnga yaqinni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi