Foto: “RIA Novosti”
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy agarda Belarus va Ukraina Rossiya bilan birlashib, yagona davlatga aylansagina farovonlikka erishishini maʼlum qildi, deb xabar beradi “Daryo” nashri.
«Rossiya va Belarusni allaqachon birlashtirib yuborish kerak edi. Oʻyinlar oʻylab topish nega kerak: keling avval bojxonani yoki tariflarni. Yagona davlatga aylansak Belarus gullab-yashnab ketadi. Keling, odamlarga erkin harakatlanish imkonini, ulkan resurslarga egaligi sabab yevrodan kuchli boʻladigan yagona rublni beraylik. Ukraina bilan ham xuddi shu vaziyat. Axir Rossiya tarixan Velikorossiya va Malorossiyadan tashkil topganku. Bularning ildizi bitta — rus. Biz tarixda birga yashaganmiz, hozir esa buni qayta tiklashimiz kerak», — deb yozadi Jirinovskiy oʻzining Telegramʻdagi kanaliga.
Shuningdek, siyosatchi odamlarning erkinliklarini cheklamaslik lozimligini, istagan odam belarus yoki ukrain tilida gaplashishi mumkinligini, milliy gazetalar, teatr va maktablarni saqlab qolish kerakligini taʼkidlagan.
Jirinovskiy bunday yagona davlat fuqarolarining millatini koʻrsatmasdan, balki “yagona mamlakat fuqarosi” boʻlishi kerak degan fikrni ham bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi