12:20 / 03.05.2020
2 562

Yangi Zelandiya koronavirus muammosini qanday hal qildi?

Yangi Zelandiya koronavirus muammosini qanday hal qildi?
Foto: CNN
CNN nashrining yozishicha, Yangi Zelandiya hukumati bir necha hafta ichida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni to‘liq nazoratga oldi va muammoni bartaraf qildi. Bugun 400 ming yangi zelandiyaliklar o‘z ish faoliyatiga qaytdi va mamlakatda koronavirusdan sog‘ayganlar 82 foizni tashkil qilmoqda.

So‘nggi kunlarda Yangi Zelandiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni o‘n nafardan oshmayapti. Dushanba kuni butun mamlakat hududida koronavirusga chalinganlik bilan bog‘liq vaziyat bittani tashkil qildi. Yangi Zelandiya Sog‘liqni saqlash departamenti bosh direktori Eshli Blumfild fikriga ko‘ra, mamlakat koronavirusga qarshi kurashda o‘z maqsadiga yetgan va virus bilan kasallanishning yangi holatlari qayerdan kelayotgani haqida to‘liq tasavvurga ega.

Dushnaba kuni Yangi Zelandiyaning 39 yoshli bosh vaziri Jasinda Ardern koronavirus bilan bog‘liq besh haftalik karantin davri mamlakat tarixidagi eng qat’iy cheklovlar amal qilgan muddat bo‘lganini ta’kidladi. Seshanbadan boshlab esa Jasinda Ardern mamlakatda karantin bilan bog‘liq vaziyat yumshatilgani va 400 mingdan ortiq ishchilar o‘z ishlariga qaytishga ruxsat etilgani va mamlakat iqtisodiyoti karantindan avvalgi ko‘lamning 75 foiziga erishgani haqida ma’lumot berdi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi Zelandiyada koronavirus bilan bog‘liq 1 472 ta holat aniqlangan va shundan 19 tasida o‘lim holati qayd etilgan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan tuzalganlarning miqdori 1 214 nafarligini va bu raqam kasallanganlarning 82 foizini tashkil qilishini xabar qilgan. Shunga qaramasdan Jasinda Ardern yangi zelandiyaliklarni hushyorlikni qo‘ldan boy bermaslikka chaqirdi.

Yangi Zelandiyaning koronavirusga qarshi kurashda erishgan yutuqlari asosida mamlakatning chet mintaqada joylashgani va mamlakatdan xalqaro aviaqatnovlar sonining kamligi bilan izohlash mumkin bo‘lsa-da, ammo hukumatning koronavirusga qarshi tezkor aks ta’siri, koronavirusga qarshi testlar ko‘lamining ulkanligi va haqiqiy fan bilan shug‘ullanish tajribasi alohida e’tiborga molik.

Koronavirus bilan bog‘liq ilmiy modellashtirishlar Yangi Zelandiyada ham talafotlar ulkan bo‘lishi ehtimolini ko‘rsatganda, Yangi Zelandiya hukumati koronavirusga qarshi tezkor tadbirlarni joriy etdi. 14 mart sanasida Jasinda Ardern mamlakatga kiruvchilarga ikki haftalik karantin joriy etilishini e’lon qildi. Bu amaliyot garchi mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq oltita holat qayd etilishiga qaramasdan tatbiq etildi.

Foto: CNN
19 mart sanasida hukumat mamlakatga kiruvchilarga taqiq joriy etganda, Yangi Zelandiya allaqachon 28 nafar xorijlik shaxs mavjud edi. 23 mart sanasida hukumat qat’iy karantin rejimini joriy qilganda, mamlakatda koronavirus bilan xastalangan 102 nafar bemor aniqlandi. «Yangi Zelandiya hukumati shu tariqa nafaqat Yangi Zelandiya aholisni, balki Tinch okeani mintaqasi aholisni ham koronavirus bilan bog‘liq mudhish pandemiyadan asray oldi», — deya ta’kidlaydi bosh vazir Jasinda Ardern.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgan bo‘lsa-da, «Colmar Branton» tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovlarda qatnashgan 87 foiz yangi zelandiyaliklar hukumatning karantin muddatini yana besh kunga uzaytirish qarorini ijobiy baholadi. Yangi Zelandiyada, shuningdek, kuniga koronavirusga qarshi 8 000 ta test o‘tkazildi. Taqqoslash uchun, Yangi Zelandiyadan aholisi 13 marta ko‘p bo‘lgan Buyuk Britaniyada 719 910 ta test o‘tkazilgan bo‘lsa, Yangi Zelandiyada o‘tkazilgan testlar soni 126 066 tani tashkil qildi.

O‘z chiqishida Ardern xonim Yangi Zelandiyadagi koronavirus bilan bog‘liq faktlarni chog‘ishtirar ekan, boshqa mamlakatlarda koronavirusga chalingan odam 2,5 ta odamga kasallikni yuqtirgan bo‘lsa, Yangi Zelandiyada bu ko‘rsatkich 0,4 tani tashkil qilganini ochiqladi. Otago universiteti epidemiolog professori Maykl Beyker fikricha, Yangi Zelandiyadagi ijobiy holat garovi bu – sifatli fan yondashuvi va mamlakat rahbarining a’lo darajadadagi yetakchilik qobiliyati hamohangligidir.

Yangi Zelandiyada koronavirusga qarshi kurashda samaradorlik ko‘zga tashlanayotgan bo‘lsa-da, avvalgi hayot tarziga qaytishga yana ancha muddat bor. Karantin holati davom etmoqda, ijtimoiy muhofazalanish va yangi zelandiyaliklar imkon qadar uyda qolish tavsiya qilinmoqda. Mamlakatning asosiy iqtisodiy tarmog‘i bo‘lgan sayyohlak tizimi kuchli zarbada qolgan, hamon xorijlik sayyohlarning mamlakatga kirishi borasidagi taqiqlar amal qilmoqda. Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi aviaqatnovlarni ochish borasida muzokaralar ketmoqda, ishsizlik darajasi esa 13 foziga yuqorilagani kuzatilmoqda, deb yozadi CNN axborot nashri.

Jahongir Ergashev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiya koronavirus muammosini qanday hal qildi?