Foto: Wikiway
IT-loyihalarga mo‘ljallangan GitHub nomli yirik veb-servis oxirzamon xavotirida har ehtimolga qarshi dasturiy kodlarini Arktikaga yashirib qo‘ydi. 21 terabayt ma’lumot endilikda Shimoliy Muz okeanidagi Shpitsbergen orolida joylashgan yerosti omborida saqlanmoqda, deb yozadi ZD Net.
Ma’lumotlar uzunligi 1066 metrga teng maxsus plyonkaga joylashtirilgan. Ekspertlarning hisoblashicha, ushbu ma’lumotlar omborda ming yildan ortiqroq vaqt davomida yotadi.
Ma’lumotlar internetga kirish imkonsiz sharoitda saqlanmoqda, shu sababli xakerlar unga hujum qila olmaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, plyonkalar geosiyosiy nuqtai nazardan eng xavfsiz joyda saqlanmoqda. Shuningdek, ombor tabiiy ofatlardan ham ishonchli himoyalangan. Bu yerda Butunjahon urug‘ ombori ham joylashgan bo‘lib, unda sayyoradagi barcha mavjud qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining urug‘ namunalari va Vatikanning maxfiy arxivi saqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi