Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Istilo boshlanganidan buyon Xersondagi odamlar har kuni soat 12 da istiloga qarshi mitingga chiqadi. Men bilamanki, rossiyalik harbiylar Xersonda odamlarni o‘g‘irlab ketib so‘roq qilmoqda va bu mitinglar tashkilotchisi kimligini aniqlashga intilmoqda. Ammo haqiqat shuki, bu mitinglarning tashkilotchilari yo‘q. Faqat aniq vaqti — kunduzi 12 — va aniq joyi — shaharning bosh maydoni,
Ozodlik maydoni bor. Har xil odamlar chiqib Ukraina bayrog‘ini ko‘tarib yuradi, olomon orasida ikkita karnay (megafon) qo‘ldan qo‘lga o‘tib yuradi, odamlar u orqali ichlarida to‘lib-toshgan alamlarni aytib oladi. Yo‘lning shunday narigi tomonida esa rossiyalik harbiylar band qilgan viloyat kengashi joylashgan, va ularga qarata baqirish ham mumkin. Ularga qarab aytiladigan asosiy gap: «Sog‘-omonligingda uyingga qayt». «Ukraina yagona, birdam», «Xerson — bu Ukraina» deb baqirishadi, Ukraina madhiyasini kuylashadi.
Meni hayron qoldiradigani, odamlar Xersonni egallab olgan rossiyalik askarlarga murojaat qilishda davom etmoqda. Bu murojaatlar dard-alam va boshqa turli tuyg‘ularga to‘la ekani tushunarli. Lekin ukrainaliklar ularga murojaat qilyapti, ular bilan gaplashyapti.
Bu hayratlanarli.
Bu mitinglarga ancha vaqt okkupatsiya (istilo) ma’murlari tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmay kelayotgandi. Lekin men bilamanki, mitinglardan besh kishi g‘oyib bo‘lgan — ehtimol, ular o‘g‘irlab ketilgan. Men o‘sha yerda paytimda bu «suv sulhi» buzilgandi: viloyat kengashi binosi qarshisidagi stelaga kimdir tunda, komendantlik soati chog‘ida qizil bo‘yoq bilan «Ukraina qurolli kuchlari — Donbass farzandlari qotili» deb yozib ketgan edi. Ushbu stelaga joylashtirilgan,
Donbassda halok bo‘lgan askarlarning portretlari ustiga yozib ketishgan. Mitingga chiqqan odamlar esa bu yozuvni o‘chirish uchun yugurib borgan, ammo ularga gaz granatalari, yorug‘lik-shovqin granatalari yog‘dirilgan. Keksa erkaklardan biri qattiq jabrlanganidan xabarim bor: oyoq suyagiga shikast yetgandi. U qanday o‘q bo‘lgani tushunarsiz, chunki u topilmadi. Operatsiya qilgan shifokorlar o‘q jangovar emas, travmatik bo‘lganini taxmin qildi, biroq oyoqqa ancha jiddiy zarar yetgandi.
Ertasi kuni odamlar yana mitingga chiqdi. Men ham u yerda edim. Voqealar odatiy Rossiyaga xos ssenariy bo‘yicha rivojlandi: odamlar mitingga chiqadi, mahbuslarni tashuvchi avtomobil yetib keladi, odamlar unga chiqariladi, hibsga olish rejalashtirilayotgani haqida ogohlantirishadi — odamlar bunga javoban baqira boshlaydi, keyin olomonga ancha shiddat bilan gaz granatalari yog‘diriladi. Gazli granata bir odamning orqasiga kelib urilganiga guvoh bo‘lganman — u nafas olishga qiynala boshlagandi va «tez yordam» mashinasida olib ketilgandi.
Davomi bor... Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot