iyaning mashhur Galata minorasida O‘zbekiston bayrog‘i aks ettirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi munosabati bilan mamlakatning bir qator mashhur tarixiy va zamonaviy inshootlarida O‘zbekiston davlat bayrog‘i aks ettirildi.
30 oktyabr kuni Istanbul shahrining tarixiy ramzlaridan biri hisoblangan Galata minorasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi. Shaharning diqqatga sazovor maskanlaridan biri bo‘lgan ushbu minorada O‘zbekiston davlat bayrog‘ining hilpirashi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning ramziy ifodasi bo‘ldi.
Shuningdek, Istanbuldagi Yavuz Sultan Selim va Fotih Sultan Mehmet ko‘priklari ham O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritilmoqda. Anqarada esa Turkiya palatalar va birjalar ittifoqining (TOBB) egizak binolarida ham O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglari namoyish etilmoqda.
Turkiyaning muhim tarixiy va zamonaviy inshootlarida O‘zbekiston bayrog‘ining aks ettirilishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasidagi ramziy tadbirlardan biri bo‘ldi. Bu kabi tashabbuslar ikki davlat o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, do‘stlik va o‘zaro hurmat munosabatlarini namoyon etadi.































Izohlar 0
…