Yoz kunlarida hayotimizni konditsionersiz tasavvur qila olmaymiz. Bu elektronika do‘konlarida eng ko‘p sotiladigan mavsumiy mahsulot bo‘lib, jaziramadan saqlanish imkonini beradi. Ammo konditsionerdan noto‘g‘ri foydalanilsa, qurilma qisqa vaqtda ishdan chiqishi mumkin. Quyida konditsionerni ishlatishda qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik haqida batafsil so‘zlashamiz.
Foto: Green Electrical
Konditsionerni tez-tez yoqish va o‘chirish
Har safar xonaga kirganda yoki chiqqanda konditsionerni yoqish va o‘chirish ushbu texnikaning ishlash muddatini qisqartiradi. Eng yaxshi yechim bu — mavsumning boshida konditsionerni yoqish va faqat oxirida o‘chirish. Bu konditsionerga yanada samarali ishlash, energiya sarfini kamaytirish va barqaror haroratni saqlash imkonini beradi.
Konditsionerni noto‘g‘ri o‘rnatish
Eng keng tarqalgan xatolardan biri bu — ko‘p xonali kvartirada bitta konditsionerni o‘rnatish. Agar 75 metr kvadrat kenglikka ega xonadonda bitta konditsioner o‘rnatsangiz, qurilma barcha xonalarni birdek sovita olmaydi. Buning uchun multi split-tizimli katta quvvatga ega konditsioner kerak.
Multi-split (ko‘p tarmoqli) — bir vaqtning o‘zida bir nechta xonalarni sovitishi mumkin bo‘lgan split konditsionerdir. Keng maydonli xonadonlardagi barcha xonalarni birdek sovitish uchun esa bir nechta konditsioner qo‘yish tavsiya etiladi.
Eshiklar va derazalarni ochish
Konditsioner ishlayotganda doimo deraza va eshiklarni yopib yurish zarur, aks holda qurilma xonalarni sovitish uchun ko‘proq energiya sarflash rejimiga o‘tadi va elektr energiyasi odatdagidan ko‘proq ketadi va isrof bo‘ladi.
Konditsioner quvvatini noto‘g‘ri tanlash
Konditsionerni tanlashda yana bir xato bu uning quvvatini noto‘g‘ri baholashdir. Masalan, 21 metr kvadrat maydonga ega, quyosh to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadigan xonaga 7 BTU (British thermal unit — Britaniya issiqlik birligi)ga ega konditsionerni o‘rnatish samarasiz bo‘ladi. Yaxshiroq sovitish va uskuna ishlash muddatini uzaytirish uchun 9 BTU quvvatga ega konditsionerni tanlash tavsiya etiladi.
Konditsioner faqat buzilgandagina unga texnik xizmat ko‘rsatish
Foto: Getty Images
Konditsionerdan foydalanish davrida uni tozalamaslik va faqatgina qurilma buzilgandan keyingina freonni to‘ldirish, ichki qismini tozalash eng keng tarqalgan xatoliklardan biridir. Har yili konditsionerdan foydalanish mavsumining boshida va oxirida unga texnik xizmat ko‘rsatish va tozalash talab qilinadi. Bu konditsionerning ishlash muddatini uzaytiradi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
Konditsionerni tozalamaslik
Konditsioner ichki blok qopqog‘i hamda filtrlarda chang to‘planadi va barcha turdagi bakteriyalar uchun qulay muhit hosil bo‘ladi. U juda ko‘p allergenlarni, allergiya rivojlanishiga hissa qo‘shadigan moddalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, juda iflos filtr konditsionerning ortiqcha yuklama ostida ishlashiga olib keladi. Bu esa xizmat muddatini qisqartiradi. Bundan tashqari, tashqi kondensatorni ham tozalash va unga yaqin joyga turli predmetlarni qo‘ymaslik ham talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar