00:43 / 28.10.2018
4 763

Insonlarda xotiraning burun orqali nafas olish bilan bog‘liqligi aniqlandi

Insonlarda xotiraning burun orqali nafas olish bilan bog‘liqligi aniqlandi
Yangi o‘tkazilgan tadqiqotlar burun orqali nafas olish ma’lumotlarning doimiy xotiraga o‘tkazilishini kuchaytirishi aniqlandi. Bu haqida xalqaro JNeurosci ilmiy jurnali xabar bermoqda.

"Xotiralar o‘zining rivojlanish jarayonida asosiy uchta bosqichni bosib o‘tadi, bular kodlash, konsolidatsiya va qayta tiklash. Odam va hayvonlarda o‘tkazilayotgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, nafas olish xotira hosil bo‘lishidagi kodlash va tanib olish jarayonlari bilan bog‘liq xulq-atvor va neyron mexanizmlarida muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, burun bilan nafas olish, og‘iz bilan emas, nerv qo‘zg‘alishini kuchaytirib kodlash va tanib olish jarayonini yaxshilaydi", – deydi Karolina instituti professori tadqiqot rahbari Artin Arshamyan.

Insonlar va hayvonlarda olib borilgan avvalgi tadqiqotlarga ko‘ra, olimlar jamoasi bir soatlik konsolidatsiya (ma’lumotning qisqa xotiradan doimiy xotiraga o‘tkazilishi) davomida og‘iz va burun orqali nafas olgandan so‘ng, ishtirokchilarning tajriba davomida ularga taqdim qilingan turli hidlarni eslab qolishlari solishtirib ko‘rilgan. Natijalar shunday dalolat bermoqdaki, konsolidatsiya vaqtida burni bilan nafas olgan og‘zi berk bo‘lgan ishtirokchilar, ushbu vaqtdagi og‘zidan nafas olgan burni to‘silgan ishtirokchilarga qaraganda hidlarni yaxshi eslab qolgan.

Tadqiqotchilarning izohlashlaricha, tajribalar alohida ikki seansdan iborat bo‘lib, ularning har biri kodlash, konsolidatsiya va qayta tiklash bosqichlarini o‘z ichiga olgan.

Kodlash davrida ishtirokchilarga oltita tanish (masalan, qulupnay) va oltita notanish (masalan, butanol-1) hidlar galma-galdan taqdim etilgan va hidlarni eslab qolish so‘ralgan. Ishtirokchilarning qaysi hidlarni tanish-tanimasliklari avvaldan aniqlangan bo‘lib, har seans uchun yangi hidlar qo‘llanilgan.

Kodlash davridan so‘ng ishtirokchilar bir soat davomida uxlamasdan sokin orom olishgan (konsolidatsiya davri) va bu vaqtda ayrimlari burundan (bu vaqtda og‘zi berk bo‘lgan), boshqalari og‘izdan (bu vaqtda burun berk bo‘lgan) nafas olishgan.

Shundan so‘ng, qayta tiklash (tanib olish) bosqichida ishtirokchilarga kodlash davridagi hidlar qaytadan, faqatgina bu gal ularga yangi 12 ta hid (oltitasi tanish, oltitasi notanish) aralashtirilgan holatda tadqim etilgan. Har bir hidlab ko‘rilgan hiddan so‘ng ishtirokchidan ushbu hid yangi yoki eski hid ekanligini aniqlashi so‘ralgan.

Ishtirokchilar hidlarning kuchini, yoqimliligini, tanish yoki tanish emasligini va nomini eslashga harakat qilib ko‘rishgan. Kodlash va qayta tiklash jarayonida barcha ishtirokchilar hidlarni burun orqali hidlab ko‘rishgan va nafas ham faqat burun orqali olingan.

Ushbu tadqiqot orqali miya faolligi o‘lchamasligini qayd etar ekan, tadqiqotchilar burun orqali nafas olish konsolidatsiya vaqtida xotiraning qayta takrorlanish va mustahkamlanishi barobarida sensor tizim va xotira to‘rlari orasida bog‘lanishning osonlashishi ta’minlanadi deb ta’kidlaydilar.

Tadqiqot mualliflari ular qo‘lga kiritgan natijalar nafas olishning epizodli hodisalar konsolidatsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi borasidagi dastlabki dalillar ekanligini, bu o‘z navbatida asosiy kognitiv funksiyani nafas olish sikli orqali modulyatsiya qilish to‘g‘risida xulosaga kelish mumkinligini aytishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insonlarda xotiraning burun orqali nafas olish bilan bog‘liqligi aniqlandi