17:58 / 02.01.2019
5 123

Ibodatning inson miyasiga ta’siri...

Ibodatning inson miyasiga ta’siri...
Ibodat miya faolligiga qay darajada ta’sir ko‘rsatadi? «Myrna Brind Center» dagi integrativ meditsina tadqiqotlari rahbari, meditsina fanlari doktori Endryu Nyuberg meditsina kolleji va Tomas Djefferson Universiteti shifoxonalarida o‘nlab yillar davomida diniy va ruhiy tajribalarni inson asab tizimiga ta’siri jarayonini o‘rganib chiqdi.

Doktor Nyuberg ibodat va meditatsiyaning inson miyasiga ta’sirini o‘rganish uchun, kishi ibodat qilayotgan paytda, inson organizmiga xavfsiz radiofaol bo‘yoqni kirgizadi. Bo‘yoq qon tarkibiga aralashib, miyaning eng faol qismiga yo‘naladi, chunki kuchli qon oqimini miyaning eng faol bo‘lgan qismida kuzatish mumkin. Bo‘yoq katta tezlikda ibodat qilayotgan kishining peshona qismiga va miyaning nutq uchun mas’ul bo‘lgan qismida yig‘ila boshlaydi.

Doktor Nyuberg Allohga ibodat qilayotgan kishini miyasi, insonlarni o‘zaro muomala qilayotgan paytidagi miyaning holati bilan bir-biriga o‘xshash ekanligini ta’kidlaydi. «Biz meditatsiya(insonni tasavvuri holati)ni o‘rganganimizda miyani o‘zgarishini va bunda miyani ko‘rish uchun mas’ul bo‘lgan qismi faollashganini guvohi bo‘ldik». Ateistlarni va meditatsiya bilan shug‘ullanuvchilarni kuzatgan doktor Nyuberg, ularda ibodat qilgan kishilardagi miyaning old qismi faollashishini topmaganini aytadi.

Doktor Nyuberg: «Barcha dinlar asabga bog‘liq tajribalar orttiradi»,– degan xulosaga keladi. «Ateistlar qanchalar Xudoni inkor etsalar, dindor kishi uchun «Allohni haqiqatda bor» deyishlari aniq-ravshan fiziologik holatdir.

Shunday qilib, tadqiqotlar uzluksiz ibodatda bo‘lgan miya to‘qimalari qo‘zg‘alishini, unga o‘ziga xos munosabat bildirishini va bu o‘tkinchi mistik tajriba esa aniq fiziologik jarayon ekanligini tushunib yetishimizga yordam beradi». Doktor Nyuberg o‘zining boshqa «Nima uchun biz ishongan narsamizga ishonamiz» deb nomlangan kitobida inson miyasi, o‘zining saqlash kerak bo‘lgan chegarasidan chiqib, ishonch tizimini yaratib, uni qo‘llab-quvvatlashga qobiliyatli ekanligini isbotlab bergan.

«Bu ishonch tizimlar sababli, nafaqat odob-ahloqimizni shakllantirishimiz, balki bu tizimlar yordamida tanamizni, ongimizni boshqarish orqali intim aloqalarimizni kuchaytirishimiz, boshqalar bilan ruhiy bog‘lanishni mustahkamlash imkoniga ham ega bo‘lishimiz mumkin»,– deydi Nyuberg.

«Shu asnoda ishonch tizimlari bizni boshqarishi va ustimizdan hukmronlik qilishi mumkin, chunki tabiatan o‘zimiz ishongan narsalarni atrofimizdagilarga singdirishga moyilligimiz bor». Doktor Nyuberg ilmiy tadqiqot uchun e’tiqodli shaxsni o‘rganishi, insonlarni o‘zaro munosabatlarini yaxshilanishiga sabab bo‘lib, kishini o‘zidan boshqa iymon-e’tiqoddagilarni hurmat qilishni o‘rgatishiga ishonch bildiradi.

Manba: muslimaat.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ibodatning inson miyasiga ta’siri...