“Collins” lug‘ati yil so‘zini e’lon qildi

1 daqiqa o'qish146
“Collins” lug‘ati yil so‘zini e’lon qildi

Britaniyaning mashhur “Collins” lug‘ati 2025 yilning eng muhim so‘zini aniqladi — bu yil “vibe coding” atamasi yil so‘zi deb e’lon qilindi, deb xabar berdi lug‘atning rasmiy sayti.

Izohga ko‘ra, “vibe coding” — insonning vazifani oddiy tilda aytgan holda, sun’iy intellekt yordamida kod yozish jarayonini anglatadi. Ya’ni, dasturchi kodni o‘zi yozmaydi, balki AI'ga qanday natija kerakligini tushuntiradi, sun’iy intellekt esa tayyor kodni shakllantiradi.

Mutaxassislar bu atamani “texnologiya bilan muloqot qilishning yangi bosqichi” deb atashmoqda. U nafaqat Kremniy vodiysida, balki Yevropadan to Osiyogacha bo‘lgan IT jamoalarda keng qo‘llanila boshlagan.

“Collins” tahririyatining fikricha, “vibe coding” atamasi sun’iy intellektning kundalik hayotga chuqur kirib kelayotganini va odamlar ishlash usulidagi madaniy burilishni aks ettiradi.

Shuningdek, lug‘at mutaxassislari “Labubu” va “slonyara” kabi atamalarni ham 2025 yilning eng ko‘p ishlatilgan 40 ta so‘zi qatoriga kiritganini ma’lum qilgan.

Yangi so‘zning ommalashuvi inson va texnologiya o‘rtasidagi chegara tobora suyullashayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?