Foto: Elle
Niqob taqish koronavirusdan himoyalanishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan eng asosiy qoidalardan biri hisoblanadi. Niqob ishlatishda nimalarga e’tibor berish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
1. Niqob taqishdan avval qo‘lingizni yuvishni unutmang!
Niqobni taqib ko‘rish uchun qo‘lingizni yuzingizga olib borganingizda virus bilan zararlanish ehtimoli katta bo‘lishini yodda tuting. Iloji boricha niqob bilan yopmoqchi bo‘lgan yuz qismiga qo‘lingizni tekkizmang, aks holda himoyalamoqchi bo‘lgan qismingizga bilmagan holda bakteriya tushishiga sababchi bo‘lasiz.
2. Niqob taqqanda uning nafaqat og‘iz va burunni balki iyakni ham yopganiga ishonchingiz komil bo‘lsin!
Foto: Elle
Mato burun shilliq qavatini hamda iyakni yaxshilab yopgan bo‘lishi kerak.
3. Nafas olishga qarshilik qilmasligi kerak!
Foto: Elle
Niqob taqilgach, nafas olib va chiqarib ko‘ring. Himoya nafas olishingizga qarshilik qilmasligi kerak. Shu bilan birga, agar siz haddan tashqari ko‘p havo chiqayotgani yoki kirayotganini sezsangiz, unda matoni biroz toraytiring.
4. Niqobni qoidaga binoan yeching!
Foto: Elle
Eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato — bu niqobni shartta yuzdan tortib olish. Bunday usul bilan siz virus yuqishiga sharoit yaratgan bo‘lasiz. Niqobni quloqning orqa tomonidagi qismidan, ehtiyotkorlik bilan, ro‘mol va sharflarda ham shu tartibda yechish kerak bo‘ladi.
5. Takror ishlatish mumkin bo‘lgan niqoblarni yuvishni unutmang!
Agarda siz takror ishlatilishi mumkin bo‘lgan niqobdan foydalanayotgan, ayniqsa, uni taqqaningizda yo‘talgan yoki aksirgan bo‘lsangiz, uni darhol qaynoq suv bilan yuvishni unutmang. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi