
Denov tumanida yashovchi fuqaro Gulmira Salimova Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyatini litsenziyalamasdan yer resurslaridan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanib, yaʼni tuproq qazib olish ishlarini olib borib tabiat hamda madaniy meros obyektiga zarar yetkazganligi uchun jinoiy javobgarlik masalasi hal etilgan.
G.Salimovaning bu qilmishi uchun sud hukmi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida belgilangan 18 mln 700 ming so‘m jinoiy jarima to‘liq undirilib, davlat byudjetiga yo‘naltirildi.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor G.Salimova sodir etgan jinoyatining mohiyatini anglab, qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar