Denovda bank kartalaridan 39 mln so‘m o‘g‘irlangan: gumonlanuvchi ushlandi

1 daqiqa o'qish5
Denovda bank kartalaridan 39 mln so‘m o‘g‘irlangan: gumonlanuvchi ushlandi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida fuqarolarning bank kartalaridan jami 38 million 946 ming so‘mni ruxsatsiz yechib olishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar va texnik surishtiruvlar davomida Denov tumanida yashovchi fuqarolarning bank kartalaridan pul mablag‘lari ruxsatsiz yechib olingani bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlangan.

Tekshiruvlar natijasida turli mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning bank kartalaridan jami 38 million 946 ming so‘m yechib olingani ma’lum bo‘lgan. Ushbu holatlarga aloqadorlikda gumonlanayotgan Buxoro shahrida yashovchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan.

Hozirda uning boshqa shu kabi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Qayd etilishicha, holatlar mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri hamda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida aniqlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?