To‘palang daryosida oqqan 13 yoshli qiz jasadi topildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida fojiali holat yuz berdi. 13 yoshli qiz To‘palang daryosida oqib ketib, bir necha kundan so‘ng uning jasadi topilgani ma’lum qilindi.
Viloyat prokuraturasi axborotiga ko‘ra, Sariosiyo tumani “Afrosiyob” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan F.M.ning daryoda oqib ketishi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 may kuni qizchaning jasadi Denov tumanidagi “Ittifoq” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi To‘palang daryosidan topilgan. Marhumaning tanasida tashqi jarohat izlari aniqlanmagan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida ma’lum qilinishicha, o‘lim sababi yuqori nafas yo‘llariga suv kirishi ortidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya ekani qayd etilgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing