Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ildan ikkinchisining jasadi topildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida 2 sentyabr kuni cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lidan ikkinchisining jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 10 sentyabr kuni soat 12:07 da FVV g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan ikkinchi fuqaroning jasadi topilgan.
Eslatib o‘tamiz, oila a’zolari katerda sayr qilganidan so‘ng cho‘milish taqiqlangan hududda suvga tushgan. Ular qutqaruv nimchalaridan foydalanmagan. Avval suvga birinchi bo‘lib tushgan bolaning oyog‘i tortishib qolgan. Buni ko‘rgan otasi uni qutqarish uchun suvga kirgan, ortidan ikkinchi o‘g‘li ham suvga tushgan va uchalasi ham cho‘kib ketgan.
Hodisa vaqtida hududda shamol bo‘lib, suvda to‘lqin paydo bo‘lgani aytilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…