Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota Urganchdagi qurilish binosidan topildi

1 daqiqa o'qish109
Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota Urganchdagi qurilish binosidan topildi

Aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab qidiruvda yurgan  shaxslarning aniqlash borasida tizimli ishlar olib borilib, ularning ish hujjatlari sudlarga o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Majburiy ijro byurosining Yangiariq tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan qarzdor M.D. fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 04.06.2014 yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi M.N. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pulini to‘lab borishi belgilangan bo‘lsa-da, u belgilangan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan.

Natijada, 01.08.2026 yil holatiga alimentdan 63,5 mln. so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan va qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari jarayonida qarzdor M.D. Urganch shahridagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning qurilishida norasmiy ravishda ishlab kelayotganligi aniqlangan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida qarzdor M.D. Yangiariq tumaniga olib borilgan va bo‘lim davlat ijrochisi G‘.Tillayev tomonidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tumani sudiga yuborilgan.

Sudning 06.08.2026 yildagi qarori bilan qarzdor M.D.ga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?