Qashqadaryoda YPXdan qochgan haydovchi xizmat mashinasiga urildi (video)

1 daqiqa o'qish126
Qashqadaryoda YPXdan qochgan haydovchi xizmat mashinasiga urildi (video)

Qashqadaryoda yo‘l-patrul xizmati xodimlarining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagan haydovchi xizmat avtomobiliga borib urildi. Hodisa 12 avgust kuni sodir bo‘lgan.

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, tungi navbatchilik vaqtida YPX inspektorlari Nexia-2 avtomobilini hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Biroq haydovchi xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, mashinada harakatlanib, voqea joyidan chiqib ketishga uringan.

Keyingi chorrahada navbatchilik qilayotgan boshqa YPX xodimi ham haydovchiga bir necha bor to‘xtash ishorasini bergan. Shunga qaramay, u yo‘lida davom etgan.

Shundan so‘ng patrul ekipaji avtomobilning yo‘lini xizmat mashinasi yordamida to‘sishga harakat qilgan. Biroq Nexia-2 haydovchisi YPX avtomobiliga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida haydovchining shaxsi aniqlanib, u qo‘lga olingan. U YPX xodimlaridan hujjatlari bo‘lmagani sababli qochganini bildirgan va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?