TATU talabasi IT-Planeta 2016/17 Xalqaro olimpiadasida qatnashib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi

TATU talabasi IT-Planeta 2016/17 Xalqaro olimpiadasida qatnashib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Feruz Muyassarov IT-Planeta 2016/17 Xalqaro olimpiadasining final bosqichida ishtirok etib, RF va MDH davlatidan kelgan 340 nafar ishtirokchilar orasida g‘olib bo‘ldi, deb yozmoqda UZ24 sayti.

Feruz Muyassarov «Telekommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti talabasi bo‘lib, olimpiadada u O‘zbekiston nomidan qatnashdi va TOP 5 talikdan 4- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

IT-Planeta 2016/17 Xalqaro olimpiadasi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi talabalar va yosh mutaxassislar uchun har yili tashkil etiladigan ta’lim loyihasi hisoblanib, Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlarida AKT sohasida ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
TATU talabasi IT-Planeta 2016/17 Xalqaro olimpiadasida qatnashib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi
TATU talabasi IT-Planeta 2016/17 Xalqaro olimpiadasida qatnashib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar