Sud qarori ijro etildi: uy-joy undiruvchiga topshirildi

Majburiy ijro byurosining Zarbdor tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan, qarzdor R.A. va uning oila a’zolarini uy-joydan chiqarish hamda undiruvchi N.J.ni mazkur xonadonga kiritish bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirildi.
Belgilangan tartibda qarzdor va uning oila a’zolari uydan chiqarilib, undiruvchi N.J.ning xonadonga kirishi ta’minlandi. Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talab amalda bajarildi.
Ijro hujjati talablari to‘liq ta’minlangani sababli ijro ishi qonunchilikda belgilangan tartibda tamomlandi.































Izohlar 0
…