Toshkentda Matiz yonib ketdi

9 sentyabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Matiz rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:31 da Zulfiyaxonim ko‘chasida avtomobil yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 13:33 da bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.































Izohlar 0
…